Toshkent haqida
40
ma’lumot
Toshkent haqida 40 ma`lumot
66,4 km

Halqa yo‘lining umumiy uzunligi. Toshkent atrofini 1 soatu 25 daqiqada aylanib chiqish mumkin.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Toshkent kurantlari

1947 yildan buyon shaharning diqqatga sazovor joylaridan biriga aylangan. 2009 yilda eski kurant yaqinida minoraning ikkinchi aniq nusxasi qurilib, unga ham kurantlar o‘rnatildi. Yangi kurantlar majmuasi avvalgisi bilan juda o‘xshash, biroq qarama-qarshi tomondan joy olgan. Hozirda tarixiy yodgorlik ichida "Kurantlar Cafe" kafesi joylashgan.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Eng katta tuman

Toshkentning eng katta tumani, bu - Sergeli.

Ushbu tuman ahli o‘zining ahilligi bilan ajralib turadi. Masalan, Facebook o‘zbek segmentida tumanga bag‘ishlangan bir qancha guruhlar mavjud.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
14 000

Humo Arena muz saroyi shuncha tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

U ko‘p tarmoqli maydoncha sifatida loyihalashtirilgan bo‘lib, bu yerda muz ustida xokkey, short-trek, figurali uchish kabi qishgi sport turlari, shuningdek boks, basketbol, voleybol va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish mumkin.

Majmua hududida sport muzeyi, yopiq bolalar maydonchasi, mashg‘ulot zallari, fitnes-markaz, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, sport inventarlari do‘konlari va boshqa ob’ektlar mavjud bo‘ladi.

Humo Arena 2018 yil kuzida foydalanishga topshiriladi.

Toshkentdagi eng baland bino

National Bank of Uzbekistan binosi hisoblanadi.

Uning balandligi 108 metr bo‘lib, 26 qavatdan tashkil topgan.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
"Ilhom"

Nodavlat teatr. Uning sahnasida bir vaqtning o‘zida ham rus, ham o‘zbek tillari yangrashi mumkin.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Poytaxtdagi yagona besh yulduzli mehmonxona

HYATT Regency Tashkent. U yetti qavatdan iborat bo‘lib, 35-190 kvadrat metr maydonli uch yuzta xona, beshta anjumanlar zali, ikkita restoran, bar, SPA, basseyn, poytaxt manzarasini tomosha qilish mumkin bo‘lgan ko‘plab ochiq ayvonlarga ega.

43 879kishi

2016 yilda Toshkentda dunyoga keldi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Respublikadagi eng keksa OTM

Olmazor tumanida joylashgan O‘zbekiston Milliy universiteti. Unga 1918 yilda asos solingan. Ayni paytda bu yerda 11 fakultet faoliyat ko‘rsatmoqda.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Favvoralar

Toshkentning ajralib turuvchi o‘ziga xosliklaridan. Markaziy Osiyoning biror shahri bu kabi xilma-xillikdan faxrlana olmasa kerak. Eng keksa favvoralardan biri Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri qarshisida joylashgan (arxitektorlari - A. Shusev, V.Arxangelskiy, L. Karash). Favvora paxta chanog‘i shaklida qurilgan.

U 1947 yilda asirlikka tushgan yapon askarlari tomonidan bunyod etilgan bo‘lib, muhandislik qismi hozirga qadar o‘zgartirilmagan. 1966 yilgi kuchli zilzila vaqtida favvora ham, teatr binosi ham shikastlanmadi. 2010 yilda favvora rekonstruksiya qilindi, musiqa jo‘rligida ishlovchi yoritish tizimi o‘rnatildi. Shu bois u bugungi kunda yorug‘lik va musiqa hamohangligida "raqsga tushuvchi" favvoraga aylandi.

Toshkentda har kuni1 500 000

kub metr suvni iste’mol qilinadi.

Uning 30 foizi yer osti, 70 foizi esa yer usti suv manbalaridan olinadi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Shaharning 30 foizdan ziyod qismi

daraxtzorlardan iborat.

Ularning maydoni 15,2 ming gektar.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Politexnika muzeyi

O‘zbekiston va mintaqadagi ilk shu turdagi muzey. U 2015 yil noyabrida o‘z ishini boshladi. Uning nimalar bilan mashhur ekanini quyidagi havoladan bilib olishingiz mumkin.

Politexnika muzeyi "O‘zavtosanoat" AJ tashabbusi bilan tashkil etilgan. Muzey ikki qavatdan iborat bo‘lib, birinchisida avtomobilsozlik tarixi hamda O‘zbekistonda avtomobil sohasining rivojlanish bosqichlari bilan tanishish mumkin. Ikkinchi qavat yoki "Interaktikum praktikum"da tajriba yo‘li bilan atrofimizdagi dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.

11 ta kinoteatr

faoliyat ko‘rsatadi.

Ularning ikkitasida faqatgina o‘zbek tilidagi filmlar namoyish etiladi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
375 m Toshkent teleminorasining balandligi.

U Markaziy Osiyodagi eng baland inshoot. Dunyoning eng baland teleminoralari ro‘yxatida esa o‘n ikkinchi o‘rinni egallaydi. Teleminora qurilishi 1978 yil boshlanib, 6 yil davom etgan. 1985 yil 15 yanvardan foydalanishga topshirilgan.

Tomosha maydonchasi 10:00 dan 20:00 gacha dam olish kunlarisiz ishlaydi. Teleminoraga kirish narxi 100 metr balandlikdagi tomosha maydonchasiga tez harakatlanuvchi liftlardan ko‘tarilish, shaharni balandlikdan tomosha qilish va "Koinot" restoraniga tashrif buyurishni o‘z ichiga oladi. Chipta narxi kattalar uchun 15 000, 7-16 yoshli bolalar uchun 7500 so‘m, 7 yoshgacha bolalarga kirish bepul.

Chet el fuqarolari uchun kirish narxi O‘zR MBning davlat kursi bo‘yicha 15 dollarni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun telefon raqamlari: (+99871) 235-80-34, (+99871) 202-35-70.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Oloy bozori

Toshkentdagi qadimiy bozorlardan biri, poytaxtning diqqatga sazovor joylaridan.

Tarixchilarning fikricha, dastlab bozor XII-XIII asrlarda Oloy tog‘ida savdo yo‘lidagi tijorat joyi sifatida paydo bo‘lgan. "Oloy malikasi" deb nom olgan Qurbonjon dodhoh boshchiligidagi qo‘zg‘olon 1876 yilda M.D. Skobelev qo‘shini tomonidan bostirilgach, ayrim savdogarlar hozirgi Toshkentning Oloy bozori hududidan manzil topgan va savdo-sotiq bilan shug‘ullanishgan. Bozorning Oloy deb nomlanishi shundan. 1928 yilda Oloy bozoriga rasman asos solingan. 2016 yil 18 iyun kuni bozor butkul yangi qiyofa kasb etdi.

Metro

uchta yo‘nalishdan tarkib topgan bo‘lib, 29 ta stansiyaga ega. Umumiy uzunligi esa 36,2 km.

Metroda rasmga tushirish mumkin emas.

2,9 milliondan ziyod

turli millatlarga mansub kishi O‘zbekiston poytaxtida istiqomat qiladi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
3,5 yil ichida

1966 yilgi zilziladan keyin markaziy qismi qariyb vayron bo‘lgan Toshkent to‘liq qayta tiklandi. Ushbu hodisa munosabati bilan "Jasorat" yodgorlik majmuasi barpo etilgan.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Eng yirik favvora

O‘zbekiston Mustaqillik maydonida joylashgan (arxitektorlari - L. Adamov, S. Odilov, B. Zaritskiy, S. Mezensev, Ye. Rozanov, F. Tursunov).

2005 yilda maydon rekonstruksiya qilinganidan so‘ng mazkur majmuaning muhandislik qismiga tungi yoritish tizimi o‘rnatildi, biroq uning tarixiy ko‘rinishi saqlab qolindi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Toshkent gerbi

1997 yilda tasdiqlangan. Rassom D.Umarbekov va haykaltarosh A.Sharipov tomonidan yaratilgan. Gerb yodgorligi "Toshkent" vokzali qarshisidagi maydonga o‘rnatilgan.

Toshkent gerbi doira shaklida ifodalangan. Doiraning yuqori qismi gardishida chiziqlar orasida Amir Temurning «Kuch – adolatdadir» degan so‘zlari lotin alifbosida bitilgan. Doiraning markaziy qismida ikki tabaqali ochiq darvoza tasviri solingan. Darvozaning yuqorisida sharqona gumbaz ifodalangan. Gumbaz ostida, quyosh shaklidagi non rasmi bor. Non tasviridan pastroqda tog‘lar, undan quyiroqda oqib kelayotgan daryolar tasviri tushirilgan.

Shaklning quyi qismi so‘l tomonida o‘rik gullari va barglari, o‘ng tomonida uzum va tok yaproqlari tasvirlangan. Gerbning pastki qismida «Toshkent» deb yozib qo‘yilgan. Doira – Yer kurrasi ma’nosini ifodalaydi. Doiraning gardishida joylashgan jimjimador halqasimon shakl – yer, suv, ariq va favvoralar jilosi. Ochiq darvoza Toshkentning qadimdan Sharq darvozasi ekanligi ramzidir. Non shaklidagi quyosh – Toshkentning rizq-ro‘z, to‘kin-sochinlik manbai, farovon, serquyosh shahar ekanligi belgisi. Baland tog‘lar va ikki daryo respublikamiz tabiatining timsoli. Gerb tasvirida Toshkent – sanoat, ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat markazi, do‘stlik timsoli, mustaqil respublika poytaxti, Vatan yuragi, yurt ko‘rki sifatida ifodalangan

2,5 million kitob

2017 yilning birinchi yarmi davomida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilariga taqdim etilgan.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
6 birodarlashgan shahar

O‘zbekiston poytaxti Sietl (AQSh), Shanxay (XXR), Kortreyk (Belgiya), Seul (Koreya Respublikasi), Berlin (GFR), Ashxobod (Turkmaniston) bilan birodarlashgan.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Olovli favvora

O‘zbekistondagi yagona olovli favvora Toshkentda, Next oilaviy savdo-ko‘ngilochar markazi hududida joylashgan.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
30 kilometru 200 metr

Toshkentdagi eng uzun avtobus yo‘nalishi masofasi. 121-avtobus Yunusobodning 9-mavzesidan Chinni bozor o‘rtasida qatnaydi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Botanika bog‘i

Akademik F.N.Rusanov nomida bo‘lib, kattaligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi, MDHda ikkinchi o‘rinda turadi.

Uning maydoni 68 gektardan iborat. U besh qismga bo‘lingan: Sharqiy Osiyo, Hindixitoy, sirkumborial (Qrim, Kavkaz, Yevropa), Shimoliy Amerika va Markaziy Osiyo flora viloyatlari o‘simliklari.

6 000 kishi

O‘zbekistondagi eng yirik savdo markazi - Samarqand Darvoza shuncha odamni o‘z bag‘riga oladi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
5000 ga yaqin buyum

Temuriylar muzeyi fondidan o‘rin olgan bo‘lib, muzey ekspozitsiyalariga 2000 dan ziyod eksponatlar taqdim etilgan.

Usmon mushafi nusxasi muzeyning markaziy eksponati hisoblanadi. Uning asli esa Hazrati Imom ansambli tarkibiga kiruvchi Mo‘yi Muborak madrasasida saqlanadi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Toshkent oshi yoki Bayram oshi

eng ommalashgan milliy taomlardan biri. Unga ziravorlardan zira, qora murch, kurkuma,uzum, zirk va boshqalar solinadi. Osh bedana tuxumi va qazi bilan tortiladi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Yapon bog‘i

To‘y fotosuratlariga tushish uchun eng ommalashgan joylardan biri. U "O‘zekspomarkaz" Respublika savdo-ko‘rgazma markazi hududida Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashabbusi bilan ochilgan.

Uning ochilishi 2001 yil 25 avgust kuni bo‘lib o‘tgan.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Jirafa

Toshkent hayvonot bog‘ida eng uzoq kutilgan jonivorlardan biri. Uch yoshli Alatau 2016 yil oktyabrida Olmaota hayvonot bog‘i tomonidan taqdim etilgan.

Hayvonot bog‘i har kuni 8:00 dan 19:30 ga qadar ishlaydi. Kirish: nogironlar uchun – bepul; 7 yoshgachat bolalarga – bepul; muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga – 6 000 so‘m; 7-16 yoshgacha bolalarga – 6 000 so‘m; 16 va undan katta yoshlilar uchun – 10 000 so‘m. Ma’lumot uchun telefon: 289-07-95

19 000 nikoh

Toshkentda 2016 yilda shuncha nikoh qayd etildi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
8 tilda so‘zlaydi

Ikki qavatli qizil Tashkent city tour avtobuslaridagi audiogidlar 8 tilda so‘zlaydi. Ushbu avtobuslarda Toshkentning markaziy qismi, jumladan, "O‘zbekiston" mehmonxonasi, "Jasorat" yodgorlik majmuasi, "Hazrati Imom" maydoni, Chorsu bozori, "Istiqlol" saroyi va Mustaqillik maydoni kabi diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qilish mumkin.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
"Ezgulik"

Mustaqillik maydoniga kirish qismidagi ravoq shunday nomlanadi. Ravoq 2005 yil 1 sentyabrda ochilgan. Uning uzunligi 150 metr bo‘lib, balandligi konstruksiya markazida 12 metrni tashkil etadi. Barcha konstruksiyani 16 ta marmar ustunlar ko‘tarib turadi.

34 000 tomoshabin

"Bunyodkor" stadionidan joy oladi. U 2012 yil 28 sentyabrda o‘zbek futboliga 100 to‘lgan sanada ochilgan.

Stadion 56 gektar maydonni egallaydi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Toshkent suvi

peshtaxtalarda 1957 yilda paydo bo‘lgan. Semashko nomidagi O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot instituti o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu suv oshqozon-ichak, jigar, bo‘g‘imlar, mushaklar, asab tizimi, teri kasalliklarini davolashda o‘zining yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
№17

So‘nggi tramvay yo‘nalishi. U 2016 yil 2 may kuni yopildi.

Depoga kirar ekan, travmvay Toshkent tramvayining 115 yillik tarixiga yakun yasadi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
Osh markazi

Toshkentdagi diqqatga sazovor joylardan biri.

Bu yerda har kuni beshta qozonda osh damlanadi.

Toshkent haqida 40 ma`lumot
"Quruq" favvora

Anhor Amusement Park istirohat bog‘ida “quruq” favvorani uchratish mumkin.

Favvoraning o‘ziga xosligi shundaki, uning jomi yo‘q. Geyzerlar deb aytish mumkin bo‘lgan suv ustunlari plitalar ostiga singib ketadi.

2200 yosh

2009 yilda Toshkent 2200 yilligini nishonladi.

Shu yili YuNESKO qarori bilan yubiley bayrami nishonlandi.

Afisha.uz mustaqillikning 26 yilligi bilan muborakbod etadi!